Главная » 2018 » Апрель » 12 » M1noR ft. UZmir (L1GHTDreaM) - So'nggi xat! (pilot - lvbke)
22:34
M1noR ft. UZmir (L1GHTDreaM) - So'nggi xat! (pilot - lvbke)
M1noR ft. UZmir (L1GHTDreaM) - So'nggi xat! (pilot - lvbke)

---Reference manual---

lvbke

info:
1) i.dat: 02.07.2017*10:39...
2) Season: Summer
3) m.info: a-moll
4) cp: Asami L1GHTDreaM (PHOTODreaM)
5) Genre. Avant-Garde, Abstrackt, lyric
6) l.info. 24 plite, 6 quart, (no) hyprtquart + Expressiveness
7) Author: M1noR L1GHTDreaM
8) Svodka: UZmir L1GHTDreaM
9) studio: L1GHTDreaM Studio
10) Admin: SHODLIK L1GHTDreaM
11) email: M1noR.com@mail.ru
12) seans: 12.04.2018*22:00
13) URL: WwW.M1noR.CoM - UZmir.Net
14) Telegram: @L1GHTDreaM

Limit 7:21

......................WwW.M1noR.CoM......................
>>>L1GHTDreaM Markazi<<<

lvbke

1-1
"Salom" bilan boshlanadi odatda xatlar,
Siyoh bilan to'ldirilganda qancha sarhadlar
Qatorga tushurilganda taqdir ila suhbatlar,
Qanchasi chin sevgi-yu, arzimas muhabbatlar

2
Yurakda qogan manzil, yurakda qogan ism,
Balki muhabbat o'sha Jahannamdan bir qism
Asta qadam bosaman, yomg'irda qolar izim
Dunyoni kezib chiqaman hayot bersa izn

3
Yozishdan oldin bu xatni, o'ylandim kechalari
Darbadar hayollar bilan tuzib qancha rejalarim
Bulutlar yig'laganda, derazam tortib diqqatni,
Huddi Bethoven - For Elise yozgandek yozdim bu xatni*

4
Bu xatni o'qib chiqmasliging asli turgan holat
San tomonga tilimda aylanar qancha haqorat
San ketasan baxtli bo'lib, Mandachi qolar asorat
Negadir holsizman, go'yoki yanchib tashalgan hashorat

5-2
Ko'chada hayot qizg'in, hayolim parishon
Do'stlarim suhbatida Avtopilotman ishon*
Kuzataman asta, ikki sevishgan para
Qanchalar yoqimli keladi muhabbat xatari

6
Asli ko'cha boshqacha, romantika - bu pazor
G'ururini dib sevgiga bo'yin egmaganla zo'r
Barini ortda qoldirish qanchalar oson
Go'yoki vaqt o'tadi, a kuz faslida xazon

7
Yuragimdan yozilib so'ng, o'tda yongan sarhadni
Buni xat dib qabul qilsam, unda bu so'nggi xatmi?
Bunchalar sodda bo'lmasa, bu yozgan matnim
Bilmadim lekin yuragimdan chiqdi bu so'nggi xatim

8
Hadeb o'zimga takrorladim - "Sen edinku baxtim"
Endi afsusdaman ketganidan bekorga vaqtim
"Sevaman" degan tilimdan chiqdi - "Alvido baxtim!"
Eshit, tingla buni, axir bu so'nggi ahdim!

naqorat...

Bu taronam! So'nggi maktubim ifodasi,
Bu taronam! Yuragimni so'nggi nolasi,
Bu taronam! Sevgimizni qolgan soyasi,
Bu taronam, Mani taronam...

So'nggi taronam! So'nggi maktubim ifodasi,
So'nggi taronam! Yuragimni so'nggi nolasi,
So'nggi taronam! Sevgimizni qolgan soyasi,
Bu taronam, Bu taronam, Bu taronam, Bu taronam

9 - 3
O'zgardi ko'p narsala, o'zgardik biz masalan
Ilgari jo'shqin hayot, bugun negadir yo'q hafsala
Balki yo'q motivaciya, ot sud'by kuda devat'sya?
Mani yo'nalishim og'ir, a sevgi tema - bu izdevat'sya

10
Muxlisla so'rashadi "Ota-ona" yoki "Do'st"
1000 asrlik mavzulani, o'qib barin toldi ko'z
Esingdami ilgari surganidim bir g'oyalar
Endi bilsam ko'pakan o'zimga o'xshash soyalar

11
Tunlari takrorlagandim "Sani sog'inmadim aslo!"
Parvoz baland bo'sada g'ururimdan ancha pastro!
Qancha yolg'on so'zladim, aslida qancha gap rost!
O'zligimi anglash uchun o'zimi qildim dopros!*

12
Esingdami va'ada berganim "qomiman pastda!"
Hali yulduzmasman lekin, hammasi asta-asta
Bilmadim chek qo'ymadi bariga bu yozgan matnim
Buni xat deb qabul qilsam unda bu so'nggi xatim

13 - 4
Umid qilaman san bilan dostoyniy bola,
Umid qilaman hammasi yaxshi bo'lar
O'tiraman tun, skameyka, detskiy dvor
O'zgacha kunla yaqin, bu tunniyam gashti bor

14
Bo'madim hayotimda bir bor ibratli odam
O'zimga baho berdim "Yuragi tor odam"
Yo'q aslo yalinmiman bo'samam nochor odam
Axir bula bo'masidi bo'ganimda zor odam

15
Bir bor aylanib keldi yana o'sha kuz faslim
Xotiralarim qasrida bo'miman taslim
Bir bora baxt tiladim, lek umrboddur qasdim
O'xshadim yomon odamga, lekin shu aslim

16
Shu aslim ammo ko'rinsamda beg'ubor yordek
Yuregim tor lekin ko'rinar undanam tordek
Muzga aylangan sevgimi saqlagandim bahordek
Kecha mehr bergan Quyosh bugun oqardi qordek

17 - 5
Hali oldinda tun, Oy yoritar kunduzdek
Joyim o'zgarmagan go'yo Shimoliy
Ayiq Yulduzdek Saqladim sukunatim, taqdir shartiga unadim,
Balki bu hiylam bilan taqdirdan baxtim tunadim

18
Vijdonim bor lekin, bilsam ishlatmasakanman
Sani o'ylasam go'yo uncha mag'rurmasakanman
Bu Man eplab aytoladigan eng shirin so'zlar
Muloyim odam bilan baxtli bo'lila, xxex tannozlar

19
Hali keladi baxt, birga sanab yulduzlani,
Tunga alishaman san bilan bo'gan kunduzlani
Sani ko'zin yetmagandi, no hali vaqt keladi
Boshqasini sevib qoldim dgan tiling qisiladi

20
Do'stlarim "Muhabbating", Man aytdim - O'zi biladi
Do'stlarim "Uqubating", yuragin so'zim tiladi
Hali ko'ramiz ho'p, hozircha o'zi intiladi
Aytganimdek vaqt kelib unutish qiyin biladi

21 - 6
Yozishdan oldin bu xatni, o'ylandim kechalari
Darbadar hayollar bilan tuzib qancha rejalarim
Bulutlar yig'laganda, derazam tortib diqqatni,
Huddi Bethoven - For Elise yozgandek yozdim bu xatni

22
Bu xatni o'qib chiqmasliging asli turgan holat
San tomonga tilimda aylanar qancha haqorat
San ketasan baxtli bo'lib, Mandachi qolar asorat
Negadir holsizman, go'yoki yanchib tashalgan hashorat

naqorat...

Bu taronam! So'nggi maktubim ifodasi,
Bu taronam! Yuragimni so'nggi nolasi,
Bu taronam! Sevgimizni qolgan soyasi,
Bu taronam, Mani taronam...

So'nggi taronam! So'nggi maktubim ifodasi,
So'nggi taronam! Yuragimni so'nggi nolasi,
So'nggi taronam! Sevgimizni qolgan soyasi,
Bu taronam, Bu taronam, Bu taronam, Bu taronam

23
Balki bu so'nggi ahdim, balki bu so'nggi xatim,
Buni san eshitmadin i go'yo buni Man yozmadim.
"Critica ga toqat yo'qmi?" - hn! goho vaqtimam,
No Mani tushunmisla goyo Malevich kvadratiman*

24
Qancha berdim pause, dam, yo'qolib ketgandek Saddam*
Lekina unutmela hop? L1GHTDreaM paydo bo'sa dam
Yo'q flow - lirika bu, yo'q punch - keremasku bu,*
G'alabaga hisobing chiqsa bilvol - MASKA bu!!!

The end

******

Expressiveness

*****

*1
Lyudvig Van Bethoven - For Elise (ya'ni - Esliza uchun) musiqasi nazarda tutilgan

*****

*2
Avtopilot - Avtoboshqaruv

*****

*3
Dopros - Tergov

*****

*4
Malevich kvadrati - Kazimir Malevich ni "Chyorniy Kvadrat" asari nazarda tutilgan.
Batafsil ma'lumot uchun Wikipedia.org (ortiqcha bilim teshib chiqmidi)

*****

*5
Saddam - Iroqni o'tmishdagi Prezidenti Saddam Xuseyn ning yo'qolib ketgani nazarda tutilgan

*****

*6
Flow, Punch - Rap Terminlari

**********

Hali murakkab kupletlar oldinda, ko'p bora berilgan savolila uchun javob berib qo'ymoqchiman
"Qando qib so'z boylikni oshirsa bo'ladiii?"
Silaga yomon xabar... kitob... bundan boshqasi hich qachon oshiromidi.
Omad!!!
Категория: Text | Просмотров: 1363 | Добавил: SHODLIK | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar
Мини-чат
Опросы
    Qaysi viloyatdansiz?
    Всего ответов: 456
Календарь
Афиша сайт
Кто онлайн