Главная » 2017 » Июнь » 25 » M1noR ft. UZmir (L1GHTDreaM) - So'nggi express! (pilot - fortango) (TEXT)
22:01
M1noR ft. UZmir (L1GHTDreaM) - So'nggi express! (pilot - fortango) (TEXT)
31.07.2016*11:43...

CКАЧАТЬ / DOWNLOAD | TEXT


......................WwW.M1noR.CoM......................
>>>L1GHTDreaM Markazi<<<

M1noR ft. UZmir (L1GHTDreaM) - So'nggi express! (Pilot - fortango)

---Reference manual---

fortango

info:
1) i.dat: 31.07.2016*11:43...
2) Season: Summer
3) m.info: f#-moll
4) cp: Asami L1GHTDreaM (PHOTODreaM)
5) Genre. Avant-Garde, Abstrackt
6) l.info. 32 plite, 8 quart, 4 hyprtquart + Expressiveness
7) Author: M1noR L1GHTDreaM
8) studio: L1GHTDreaM Studio xizmati - +998916688168
9) Admin: SHODLIK L1GHTDreaM
10) email: M1noR.com@mail.ru
11) seans: 25.06.2017*22:00
12) URL: WwW.M1noR.CoM
13) Telegram: @L1GHTDreaM

Limit 6:54

......................WwW.M1noR.CoM......................
>>>L1GHTDreaM Markazi<<<

fortango

[M1noR]
1 - 1 - 1
Chorladi shimol, yoriladi sabr
Sabr qisam nimagadur doim o'zimga jabr
Yana bir kun, yana bir kun Vatanim!
Qaniydi shu kun umrbod cho'zilsa qani

2
Cho'zilsa qani, yo'l-u safarim Mani
Bari hichtma yetmidi Vatanida o'lsa qarib
Kecha "Vatanimi sotmadim" a bugun "So'nggi express" *1*
Go'yo shoshilinch, nega bunchalar tez?

3
Nega bunchalar tez? nega "So'nggi express"?
Hali vaqt bor-u lekin nega aynan bu reys?
Nega aynan bugun? iltijo samoga...
Ketaman shimolga, do'st bo'lib shamolga

4
Bor hali aytilmagan ochilmagan mavzularim
Aytilmagan gaplarim, o'qilamagan Raplarim
Lekin nega bunchalar tez? nega aynan bu reys?
Nega olib ketar shimoliy express?

5 - 2
Yo'q bugun hafsala, classic narsala
Faqat fortepiano, faqat muhim masala
Yo'q romantika, muhimmas grammatika
Qiziq kim kutarikin go'yo sodiq Xatiko *2*

6
Qaraganda ko'zguga, aylanaman o'zgaga
Huddi boshqa odam replarimda so'zlagan
U bo'sada zor uyga, sig'masada "tor" uyga
Yaqinlarini nazarida doim xato yurgan

7
"Esinda qogani osha Hudo urgan kunlarin
Shunchali aqlli bo'sen qani sani pullarin?" *3*
A qani haqiqat? o'yla mantiqan?
Aql bo'magan bitta Mahatma Gandi kam

8
Chetdan qaraganda bari tuyuladimi oson?
Proekt sotdim asil narxidan arzon
Xazon bo'gandan ko'ra bu hayotdi bog'ida
Shamol bo'ganim yaxshi cho'l dasht-u tog'ida

9 - 3 - 2
Yana Abstract-u, Avant-Garde im yana
Ispanskoe Tango, solo fortepiano
Goyo Beethoven no motivirovan Shopenom
Klassikaga Rapdi op kirganam kim? top endi

10
Barvaqt keldimmi Man balki hip-hop ga
Kimla uchundir oxshadim UzRapdegi mikrobga
Tipo endi Man virus-u, bula UzRap di gullari
O'zini bos aslida xalq Mani ma'qulladi

11
Kurashib hayotda hamma, jentelmen-u dama
Hamma qatori Manam o'z avtobusimi kutaman
Jarayonla tez-u, "Rekord Ginnnes" ga kirmagan
Oz qoldi o'sha fantastik 2020 y. ga *4*

12
Jarayonlar tez, Koinot bag'rini kez
Balki bu hayotda vaqti kelib bari beriladi "res" *5*
Balki bu oxirgi reys, so'nggi krug express
Qolib ketshim xato yana shoshilaman tez

13 - 4
Ko'p so'rashadi Mandan gaplarmi ma'nosini
Axir bu kupletlarimda ko'raman Man o'zimi
Ko'zgu bo'lomadi hich qanaqa tanqidlar
Tanqidga tanqid bu Man chiqargan hitlar

14
Ouu, qanchalar hammasi alamda,
Boshini qotirishadi Mani masalamda
Qani endi lo'nda aytisholsa ayblarim
aytganlari bo'ldi no o'zini aybladi

15
Qaraganda ko'zguga ko'raman o'zgani
"Ichinda yosh bolasanu, qando ulguding o'sgani?
Kechagina fanatidin "Talantsizlar san'ati"ga,
Endi qando chiqdin san'atti bu qavatiga

16
Gapirma klassikani, repperga yarashmidi,
Gapirganing bilan bari san'atti saralashmidi"
Bo'ldi vaqti keldi bariga chizib krest,
Qani endi Manga atalgan o'sha epress

naqorat...

So'nggi express, So'nggi express
Hali vaqt bor-u lekin nega aynan bu reys

Mana So'nggi express, So'nggi express
Mani qolib ketishim xato, yana shoshilaman tez

So'nggi express, So'nggi express
Jarayonlar tez, mana Man uchun atalgan reys

So'nggi express, So'nggi express
Ketsam uzoqlaga bariga chizib krest

So'nggi express, So'nggi express
Balki vaqti kelib bu hayotda bari beriladi "res"

So'nggi express, So'nggi express
Balki bu oxirgi reys, so'nggi krug express

So'nggi express, So'nggi express
Qolib ketishim xato, yana shoshilaman tez

So'nggi express, So'nggi express
Ketsam uzoqlaga bariga chizib krest

17 - 5 - 3
Qatlaga yetib keldik, yana qatga yetamiz,
Baxt izlash jonga tegdi endi qatga ketamiz?
Zamonaviy ibtidoiy to'da no yashash kere,
Baxtdi topish uchun asli yaxshi kurashish kere

18
Yo'q bulani kitobdan o'qib o'rganmaganman ishon
Asli hayot qayta tarbiyalaganidan nishon
Nimaga qoldim bog'lanib? Bu indamaslar olami?
Manga berila bir imkon o'zim quraman sayyorami

19
Quraman "imperiya" go'yo qaytadi Oltin O'rda
A hozir bo'sa qara boshidan oyog'igacha to'rda
Tinch yotomiman go'rda, bula manimcha qo'rqadi
Jahonga qara UzRap hali beri ancha orqada

20
Qani kim nomer 1? Hayolin qatga ketdi?
Hamma jim turganda "Qora" lar yaratdiku Repdi? *6*
"Mana Man king" dganlaga aytar so'zim - "Yepti!"
Kutilgan express silani tashab ketdi

21 - 6 - 4
So'nggi express soladi o'zini shovqunin
O'ylanaman, kuzataman bu hayotti to'lqinin
Qulogimda aylanadi "Qora Tango" notalari
Qarshimda fotoalbom, bolalik fotolarim

22
Esimda yo birinchi bor hayotga qadam qo'yganim
Lekin yodimda birinchi bor hayotimdan to'yganim
Ilk bora qiziqishlar, birinchi mikrofonim
Qanchalar quvonchli o'sha birinchi telefonim

23
Dalda berdi odammas, ekrandegi Karlson
Derazam ochib kutardim, ko'rganla bo'sa bilsin
Umr bo'yi totdim o'sha yolg'izlik tortidan
Chetdan qarasa go'yo "Alisa ko'zgu ortidan"
24
Sezilmasdan o'tdi vaqt, endi ulgushim mahol,
So'nggi express, qoganlari bo'sa ortda qol
Qay mazillar tomon eltadi jarayon?
Dushmanlarim bo'sa, olislaganim sari yon!

25 - 7
Qoldiraman ortda pand bergan odamlani,
Shoshilaman reys tomon, eshitilmas motamlari
Yo tanladim noto'g'ri yo'l hammani unutib,
Bugun Manga berilgan shu imkon kuni dib!

26
Yondi noxush xabar, taqdirdan shu xabar,
Sotqin yo hiyonat shumi abadul-abad?
Nolimiman rahmat, qani endi o'sha baxt?
Bir tiyininga qimmat-u? sanikimi shu muhabbat?

27
Unutildi muhabat no ko'paydi orzular
Ko'paydi do'stlar lekin chinlari kam oz ular
Dushmanlar qoldi alamda ho'p endi nima qiladi
O'zini bos aslida xalq bizi ma'qulladi

28
Ko'rdik qanaqa kunlar o'zimizi qutqarib
Hayot falsafasida yoshligimizcha qarib
Tushunmaslika olib ketdilar omad tilab
Ko'rib bilib yuz o'girib ooo qanchlar mardlar

29 - 8
Hozir emas zamon urishla domida
Qizlar yorini kutmidi deraza oldida
O'tirmimiz radio ovozini baland qilib
Biz shunchaki otminshni so'zlamadik dard qilib

30
Azart qilib mazax qilib yozdik qancha tracklar
Yana qanchasi yotibti zapasda project-lar
Ushlanilmagan taktlar hali keltirilmagan faktlar
Sekin asta ko'tarildik go'yo yashirin Maglar

31
Bu yashirin farazlar jarnglar go'yo hazil
Aqlin yetsa tushunvon sanlagamas bu puzzle
Endi yaqin kuz fasli ijodim boshi asli
Hamma tanigan osha L1GHTDreaM jamiyat qasri

32
Berdi fikir qish yaqin qish yaqinni izi yaqin
To'plangan alamlarini duxin yetsa bizga qil
Baringa bordur javob asli shoshilsakda tez
Qolib ketshimiz xato, bizga atalgan bu reys

-.-.-.-.-.-.the end-.-.-.-.-.-

---Expressiveness---

*1* - Kecha "Vatanimi sotmadim" a bugun "So'nggi express"

"Vatanimi sotmadim" va "So'nggi express" bu L1GHTDreaM tomonidan ijro qilingan qo'shiqlar nomi. L1GHTDreaM ijodini kuzatib borganlani xabari bor...
----------------------

*2* - Qiziq kim kutarikin go'yo sodiq Xatiko
"Xatiko" bu Holywood kinofilmidagi sodiq qahramon it
----------------------

*3* - "Esinda qogani osha Hudo urgan kunlarin
Shunchali aqlli bo'sen qani sani pullarin?"

Bu qatorda qo'shtirnoqqa olingan gaplar ikkinchi shaxs tomonidan gapirilgan gaplardek kelgan
----------------------

*4* - Oz qoldi o'sha fantastik 2020 y. ga

Bu qatorda "Nazad v budushee" kinofilmidagi bo'lgan jarayonlar nazarda tutilgan. Ko'rganlar bo'sa biladi
----------------------

*5* - Balki bu hayotda vaqti kelib bari beriladi "res"

Bu qatorda "res" so'zi Counter Strike 1.6 videoo'yinidagi "console" ning asosiy buyruqlaridan (ya'ni kodlaridan) biri bo'lgan, gamerlar tilida "res" deb atalgan "sv_restart 1" nazarda tutilgan. Bu buyruqning vazifasi "restart" ya'ni - qaytadan start berish. (Bilmaganlar uchun)
----------------------

*6* - Hamma jim turganda "Qora" lar yaratdiku Repdi?

Bu qatorda ""Qora" lar" bandida - Afroamerikanlar nazarda tutilgan...
---------------------
Категория: Text | Просмотров: 3368 | Добавил: SHODLIK | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 2
avatar
1
Mana teks .kurvolilar rakiblar
avatar
2
Konsert BERILAR ILTIMOS. (oldindan kotta rahmat)
avatar
Мини-чат
Опросы
    Qaysi viloyatdansiz?
    Всего ответов: 425
Календарь
Афиша сайт
Кто онлайн